“Qizil ko’ylagim” taronasiga ishlangan videoklipni PREMYERA qildik😍 @xamdam__sobirov ga katta minnatdorchiligimni bildiraman siz bilan ishlash juda maroqli bo’ldi sizga katta raxmat , klipni suratga olish jarayonida ishlagan ijodiy jamoaga ham o’z raxmatimni aytib qolaman❤️ Klip haqidagi fikringizni kommentariyada qoldiring🤩👇🏻
Azizlarim, sizlarga va’da qilingan video 😍 Sahna orti ( за кулисами) judayam qiziqarli jarayon😊. Siz tomoshabin sifatida,zaldan tayyor mehnat mahsulini ko’rdingiz, aslida esa, shu tayyor mehnat mahsuli mana shunday harakatlar evaziga bunyod bo’ladi! Bilasizmi?! Aynan shu kadrlar o’zimga ham qiziq, chunki bu yerda epchillik va uddaburonlik rol o’ynaydi. Har safar biz,ko’pchilik bilan uddalaymiz,bir o’zimga qiyin albatta😅. Shuning uchun bu tandirdan uzilgan kadrlarni sizlarga tortiq etdim❤️ Qani etilachi? Sizlarga qiziq bo’ldimi?
Azizlarim ushbu hamkorlikdagi duet bu darajada mashhur bo’lib ketishini hayolimga keltirmagan edim😅, lekin @xamdam__sobirov buni aniq ko’zlagan ko’rinadi.Chunki u hozirgi kunda xitmakerlardan biri😊,qolaversa imidj,stil bo’yicha ham hozirgi zamon bilan hamnafas eng zo’r san’atkor.Ijodizga omad ukam, Alloh martabangizni yanada ulug’ qilsin, 3 kun mobaynida mani qo’llab quvvatlab , har kuni gullar bilan mani xursand qilganingiz uchun judayam minnatdorman😇 Qizil ko’ylak qo’shig’ini muhlislaridan ajoyib kommentlar kutib qolaman☺️👇🏻
Trend 😎 Konsertda ko’rishguncha 19-20-21 yanvar 😍 mani qo’llab quvvatlayotgan barcha muhlislarimga kattakon raxmat❤️ Bizani versiya yaxshi chiqibdimi ? Videoda kimlarni ko’rdingiz?
Tez kunda … @xamdam__sobirov bilan “Qizil ko’ylagim” qo’shig’iga ishlangan videoklipni sizlarga taqdim etamiz 😍 Syomka jarayonlari judayam qiziqarli o’tdi, o’ziyam metroga tushmaganimga ancha bo’lgandi, jamoaga raxmat🔥 Klipni kutayotganlar bormi 🤩?
Hali oldinda konsertdan sizlarga taqdim etmagan,ajoyib, syurpriz videoyim bor,o’ylaymanki, bu sizlar uchun judayam qiziq !? Chunki, bu- sahna orti, jarayonlari aks etgan video, barchasini ko’rasiz😍.Kutyabsizmi ? San’at vakillari, hamkasblarim tomonidan bildirilgan iliq fikrlarga ko’zim tushdi😍.Sizlarga ham ilindim☺️. Judayam xursand bo’ldim, barchangizga minnatdorchilik bildiraman, kelib qo’llab-quvvatlaganingiz uchun katta raxmat! @dildorarustamova_official @lolaofficial_ @shahloxonim_official @ziyodamusic @umidaxonhojieva ❤️❤️❤️
Davomi… «Дым машина» ning,oq tutun chiqaradigan apparati, o’zi aslida qanday qilib ustimga tushib ketdi ?! Nomerlar ko’rilayotgan payt… hamma o’z o’rnida, raqqoslar,rejissorlar va man ham. Sahna ortidan sahnaga chiqaverishda,toklar ko’rinmasligi uchun solingan gilamcha turgan ekan. Mashina gilamchaning ustidan o’ta olmagan, mashinani kuch bilan tortgan paytda, tepasidagi faner ustida qotirilmay turgan, oq tutun chiqaradigan apparat, ustimga qulagan😔.Shu-shu ushbu nomerni olib tashladik, o’zim esa biroz lat yeganimni hisobga olmasa, sog’ omon qoldim, Allohga shukur❤️.Ushbu videoda o’sha paytdagi repititsiya jarayonlarini ko’rishingiz mumkin. Izohlarda fikringizni kutib qolaman👇🏻
30.01.2024 PREMYERA “GOOD BYE”🥳 Shou biznesdagi eng romantik san’atkor,samimiy,o’z stiliga ega,yaxshi va mehribon inson @_shohruhhon_ bilan duetimizni ancha yillardan beri kutgan edik. Duet mani konsertimda ijro etilganidan xursandman😊. @_shohruhhon_ 3 kun mobaynida kelib, mani qo’llab quvvatlaganingiz uchun sizdan minnatdorman☺️.Azizlarim ertaga premyerani o’tkazib yubormang! Fikringizni qoldiring bu muhim😊 PREMYERA vaqtlarini bilib oling👇🏻 Rizanova 18:00 O’zbegim taronasi 18:20 Avtoradio 18:45 Nostalgia FM 18:40 Vodiy Sadosi 19:20 HIT•FM 19:20 Radio Grand 20:30
Shou-biznesdagi eng samimiy,mehribon, doim o’z so’zida turadigan yaxshi inson, do’stim @jahongirpaziljonov bilan duetimiz har yili konsertimda an’anaga aylangan😊 do’stim sahnaga chiqsa doim bayram chunki qarsaklar to’xtamaydi, mehmonlarga kayfiyat ulashadi🔥. Navbatdagi duetimiz uchun sizga katta raxmat do’stim , 3 kun mobaynida konsertimda mani qo’llab quvvatlaganingiz uchun minnatdorman. Azizlarim sizga bu duetimiz yoqdimi ? Fikringizni kutaman 👇🏻
Oxirgi 6-blok kumushrang 🩶 Har bitta blokka obraz yaratayotgan paytimizda hamma tomonlama ya’ni qulayligi va harakatlarimga mos tushishini hisobga olib tanlaymiz☺️ Mana azizlar barcha obrazlarimni sizlarga taqdim etdik 😊 sizga ko’proq qaysi obraz ma’qul bo’ldi ?Kommentariyada sizni kutaman 👇🏻
Azizlarim 5-blok ,siz mani oilamsiz🥹 bu blok bilan bog’liq voqeani sizlar bilan ulashgim keldi. Aynan shu blokda : “Baxtli bo’laman” taronam boshlanishidan avval, man sahnada “дым машина” o’rnatilgan kolba ichidan chiqib paydo bo’lishim kerak edi 😔, bu chiqishimni o’zim ham kutayotgan edim, hammasi yaxshi edi,repetitsiya paytida man mashina ichida yotibman bir payt ustimga nimadir qattiq tushib ketdi🥹 o’sha mashinani yuqori tarafida turgan oq tutun chiqaradigan apparat ekan ,atrofim qorong’u hamma o’z ishi bilan band nomerni ko’rayotgan edik, og’riq kuchli edi baqira boshladim tezda yaqinlarim kelib mashina ichidan mani chiqarib olishdi😩, shu voqeadan keyin ushbu nomerni hayotimga xavf solgani uchun olib tashlashga qaror qildik😞o’sha mashinaga keyingi postlarimda yana to’xtalib o’taman va nima sababdan tushib ketkanini ham etib o’taman.Azizlarim siz bunga qanday fikr bildirasiz o’sha 10 kg li narsa boshimga tushganda nimalar bo’lardi ? Aqlimga sig’maydi 🤯
Navbatdagi 4-obraz qora 🖤 Bu obrazim ham o’zimga judayam yoqdi azizlarim bu obrazga qanday baho berasiz😅? Ushbu “Unutaman” remix ni hamda konsertdagi qo’shiqlarimni @jasurabdurakhman sayqalladi , qo’shiqlarimni yangi talqini ma’qul keldimi? Ko’proq qaysi biri yoqdi😊 ?
Dasturdagi 3-obraz 💙, to’grisini etsam bu blok mani judayam ko’p o’ylantirdi, chunki hayotimdagi eng qiyin davrlar mana shu blok bilan bog’liq edi buni muhlislarimga etiymi ? Yo’qmi ? degan savollar manda ko’p bo’ldi , keyin esa muhlislarim mani oilamdek demak etishim kerak deb barcha sirlarimni ochiqladim 🥹❤️ katta minnatdorchilik bildiraman barchasini man bilan birga kuyinib eshitganingiz uchun🫶🏻 Sizlarga qanchalik ma’qul bo’ldi ?!
Qarshi oling mening 2-obrazim🤍 bu obrazim sizga qanchalik ma’qul bo’ldi ? Bilasizmi ?Alohida minnatdorchiligimni 1-navbatda @proartcenter kompaniyasi @djavlon Kamolovga va sahna ortida men bilan birgalikda kamarbasta bo’lib xizmat qilgan jamoamga bildirib qolaman 😊❤️ Rejissorlar : @undermyskin555 , @rayhonganieva 🪩Raqs : @freedom_fam_ , @sabo_dance_ensemble , Doniyor Xasmanov 🎼Muzikantlar : @akbarjonsamigjanov ,@dimaguitar_ , @zor_shou_ , @ahror_isroilov, @gaffarov_prod 👗Liboslar : @irodaagzamhoja , @denistomilin Make Up : @dilya_seytbaeva Stilist : @leylihoja Chiroq: @ahadmix_group Ovoz texnikasi : @iosis_sound Ovoz rejissori: @konstantinpokrovskiy Rekvizitlar : Baxtiyor Yuldashev
Konsert uchun yaratilgan 1-obrazim qizil rangdagi obraz ❤️ ushbu obraz va dekoratsiya qanchalik bir biriga hamohang bo’lgan ? “Pro art” kompaniyasiga konsertni tashkillashtirishdagi mashaqqatli mehnatiga katta minnatdorchilik bildiraman 🫶🏻 Obrazim haqida so’ramoqchiman sizlarga yoqdimi😅? @proartcenter @djavlon
Азизларим хозир эса сизларга концертимни бошланиш қисмини тақдим этаман🤩кейин еса кундан кунга хар битта образга алохида тўхталиб ўтаман. «PROART» компанияси томонидан ташкиллаштирилган декарация, чироқ ва овоз созламалари мароқли хордиқ чиқариш учун яна бир қулайлик, бўлди десам адашмайман.Агар 1-кунги концертга тушган бўлсангиз фикрингизни комментарияда қолдиринг 🫶🏻👇🏻 @proartcenter @djavlon
Barcha haqiqatlarni 19-20-21 yanvar kunlari bilib olasiz ☺️, hozircha esa bu sirligicha qolsin🤫 Albatta keling gaplashamiz “Qalbim sirlarini” aytaman! Duet yana kimlar bilan bo’ladi deb o’ylaysiz ? Xo’sh siz hammasini bilib olishga tayyormisiz ?
Xabaringiz bor konsert uchun @proartcenter kompaniyasi bilan kreativ yondashib videoroliklar ishlandi va har bir rolik uchun ajoyib obrazlar yaratildi😍shu paytgacha hammasini ko’rdingiz.Xo’sh sizga qaysi obrazlarim yoqdi🤗 ? Fikringizni kommentariyada kutaman👇🏻 Libosla @irodaagzamhoja Makeup @dilya_seytbaeva Stylist @leylihoja Director @undermyskin555 Mobilograf @madina_ofical_ Reel’s maker @trickster_photographer
Ortga nazar… ijodimga 25 yil to’ldi.Hayotim mobaynida ko’p sinovlarga duch keldim, siz aziz muhlislarim har qanday vaziyatda meni qo’llarimdan tutib sahnaga olib chiqdingiz boringizga shukur ❤️ Qaysi yilgi konsert dasturlarim yoqadi ? 2024 -yilgi bo’lajak konsertimdan nimalar kutyabsiz ? Kommentariyada fikringizni kutaman 😘👇🏻
PROART тақдим этади! #RAYHONSHOW2024 га 5 кун қолди. Чипталар қолмади! SOLD OUT! ☎️ 998951773335 @rayhonganieva @proartcenter @djavlon www.proart.uz
Ko’plab muhlislar talabiga binoan olingan va uzoq kutilgan klip premyerasi ! “Qizil koʻylak” Singers @xamdam__sobirov and @rayhonganieva Director @radjabovproduction Dop @ibrohim.muhamedxodjaev Dop @yodgornosirov Art director @humoyunsheeyh Cast director @sherzod__khamidov Costumer epizode @1zilola_saliyeva Costume for singers @feridun.uz @irodaagzamhoja Make up @nigora_pulatova091 Editor @azambotiirov Colour and vfx @donclips Camera man @ayub_rahmatullaev Light master @fayzullayevm1 Rental @ramz_film__rent Backstage @fayozov_azim Actor @shokhruhon Actress @zarine_ergasheva_official Actors company @gold_key_casting All thank you so much✅ Company @radjabovproduction #xamdamsobirov #rayhonganieva #radjabovproduction #qizilkuylagim❤
Har safar xalq bilan birga qaysidur tadbirda bo’lsam o’zimni judayam qulay his etaman chunki xalqimning mehri menga qulaylikni baxsh etadi😍 Men sizlarni sevaman❤️ Sizchi ☺️ ?
Azizlarim mana konsert dasturim “Rayhonshow2024” ga ham sanoqli kunlar qoldi 😍 Sizlarni judayam sog’indim , albatta kutaman. Birgalikda dildan suhbat quramiz, kuylaymiz🔥 Konsertga bilet olishga ulgurdingizmi 😅? @proartcenter @djavlon