Nilufar Usmonova

Nilufar Usmonova Instagram – Aziz do‘stim, opam va haqiqiy ona sher @xalimaxonim,

Siz har doim o‘zingizni sherga o‘xshatar edingiz — kuchli, to‘xtovsiz, yengilmas. Bu hayotda ko‘p sinovlardan o‘tdingiz va har doim kurashdingiz. Eng oxirgisi esa ikki farzandingiz uchun edi, ular hali yosh. Siz ularga onalik mehrini, o‘zgacha kuchni va sevgini berib ketdingiz. Tarixda esa o’z nomingizni qoldirdingiz. Kimdir sizdan qo‘rqdi, ko‘plar sizni sevdi. Siz mehribon ona, sadoqatli rafiqa, yaxshi opa va sodiq do‘st edingiz. Bizning oilamiz uchun juda aziz va bizning bir bo‘lagimiz edingiz. Har bir quvonchli kunimda, farzandlarim tug’ilganida ham xursand bo’lib, yonimda turgansiz. Qalbi daryo inson edingiz.
Qilgan yaxshiliklaringizni Alloh qabul qilsin, so’roq savollaringiz oson bo’lsin.

Alloh barcha gunohlaringizni avf etsin va joyingiz jannatda bo’lsin. Siz doim qalbimizdasiz. | Posted on 07/Dec/2024 14:37:34

Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova

Check out the latest gallery of Nilufar Usmonova