Nilufar Usmonova

Nilufar Usmonova Instagram – Men o‘zimni afsonaviy feniksdek his qilaman. Nimadir boshlasam, butun borlig‘imni bag‘ishlayman — qalbim, energiyam va ruhim bilan harakat qilaman. Chunki men qilayotgan ishlarimni va ular olib keladigan yangi yo’llar va sayoxatni chin dildan yaxshi ko‘raman. Lekin ba’zan yonib, eng past darajaga tushaman, xuddi yaqinda boshdan kechirgan og‘ir kasallik kabi. Bunday paytda inson yolg‘iz o‘zi Allohga yuzlanadi. Faqat Unga tavakkul qiladi va faqat U shifo beradi. Allohning irodasisiz, hech kim davolay olmaydi.

Shu bilan birga, men Allohning sevgisini o‘zimning oilam va farzandlarimda ko‘raman. Ularning sevgisi va qo‘llab-quvvatlashi menga yashash uchun kuch beradi. Men mustaqil ayolman, besh nafar farzandni voyaga yetkazayotgan faxrli onaman. Va Allohning yordami bilan oilamda baraka borligidan baxtliman. Shuning uchun aytishim mumkinki, men “Feniks ona”man. Chunki onalar har doim feniksdek – sinovlarga qaramay, har safar yana tiklanadi va kuch topadi. 🐦‍🔥

Mening missiyam – insonlarga quvonch ulashish. Qo‘shiqlarim, ishtirokim va yetkazayotgan xabarlarim orqali odamlarni xursand qilishni o‘z burchim deb bilaman. Men uchun baxt muhimdir. Har bir kunni o‘zimga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlayman: ichki dunyoyimga e’tibor beraman, tashqi ko‘rinishimni bezataman va go‘zallikni qadrlayman.

Ushbu so‘zlarimni dunyodagi barcha “Feniks onalar”ga bag‘ishlayman. Bolalarini va oilasini boshqarib, cheksiz mehr bilan hammasini uddalayotgan haqiqiy 🦸‍♂️ sizsiz. Sizning kuchingiz 💪🏻va sabringiz 🤌🏻 cheksiz. Hech qachon kasal bo‘lmang, 🤲🏼Alloh sizni asrasin. 🤲🏼Sizni sevaman, mening aziz onalarim! ❤️❤️❤️

Hurmat bilan,
Afsonaviy Feniksingiz 🐦‍🔥❤️‍🔥

Video director n producer @sp_sadikov
Makeup and hair by @azamatstilist_
Filming for @feliz_diamond.uz

#Motivatsiya #HayotSayohati #FeniksRuh #BaxtVaIshonch #OnaQahramonlar #FeniksOnalar #Minnatdorchilik #AllohBilanBirga #Sog‘lomHayot #AyollikLatofati #OilaviyBaraka #MashaAllah
#NiluBilanSayoxat | Posted on 23/Dec/2024 20:18:24

Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova

Check out the latest gallery of Nilufar Usmonova