Hamma raqsga tushsin 🤩💃🏻 Aziz muhlislarim,hammangizga kamida shunaqa pozitiv kayfiyat tilab qolaman 😍❤️ Raqs yoqtimi sizlarga ? Harakat qildik 😇
Odatda opa-singillar bir-birlari bilan dardlashib turishlari tabiiy hol 😇 Lekin dardlashgani kelganda,singlingni o’zini muammolari o’ziga yetarli bo’lsa, ortga qaytmaslikdan boshqa iloj yo’q😅 Siz bunday holatda nima qilasiz ? Videoni opa-singillarya yuborib qo’ying 😊
Uzoq va baxtli hayot sirini sizlar bilan bo’lishmoqchiman 😅🥰 Azizlarim sizlarga ham faqat va faqat omad baxt va mehr-muhabbat tilab qolaman ❤️ Sizlarda ham shundaymi 😁?
Hammamizda kamida shunaqa dugonalarimiz bor-a ? Hamma erkaliklarimizni ko’taradigan, hox shodlik bo’lsin, hox g’am ular doim yonimizda ❤️ Sizda shunaqa dugonaningiz bormi 🤩?
Issiq o’lkalardan alangali salomlar azizlarim ❤️😊 Yil boshi judayam yaxshi boshlandi, oilam bilan o’tkazgan vaqtim,juda qimmatli😇 Oilani qadrlaylik zero, oila bu – baxt kaliti❤️ Oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazib turasizmi ? Bo’sh vaqtlarda qayerlarga sayohat qilasiz ? @pegasuzbekistan
Kalit bo’lmasa mashinani qanday qilib o’t oldiraman🤷🏼♀️? Shunaqasiyam bo’lib turar ekan, ukam mani yaxshi tushunmagan ko’rinadi, kalitni emas, kalitni rasmini olib kelibdi 😂 Shunaqa ukalarni belgilan yuborib qo’ying! Kimni yana shunaqa ukasi bor😅 ?
Mehr-muhabbat bilan dunyoni qutqaramiz😍 #challange Man bu video va chellenj orqali insonlarni,bir-biriga bo’lgan mehr-oqibatni yanada oshirishni ilgari suraman😇 Keling,shu chellenj orqali yanada mehrga boy bo’laylik. Dunyodagi sodir bo’layotgan ishlardan xabaringiz bor. Bir-birimizni qadrlaylik mehr beraylik🥹.Man boshladim siz ham davom ettiring😍❤️ @la_belle_uz
Bugun tongda turmush o’rtog’im @fara_alimov apenditsit bilan og’rib qoldilar😔Kasalxonaga kelib zudlik bilan operatsiya qildirdik 1-marta sug’urtadan foydalandik,hammasi uchun @pegasuzbekistan ga katta raxmat minnatdormiz. Albatta chet elga chiqqanda sug’urta qildirib olish kerak ekan.Xol-ahvol so’rab yozgan barcha-barchaga katta raxmat azizlarim🙏❤️
O’lkamizda qish lekin qor yo’q 😅❄️ Bu video orqali sizlarga qor kayfiyatini ulashgimiz keldi😍 Jahongir ukam bilan trendni takrorlab ko’rgan edik, sizlarga yoqdimi ? Syomka jarayoni qiziqarli bo’lgandi😁 , mani harakatim boshqa joyda uniki umuman boshqa joyda xullas hammangizga yaxshi kayfiyat 😁🙌🏻
Mana turmush o’rtog’imga kelgan sinovli kunlar ham ortda qoldi 😊 Biz bundan juda xursandmiz va shu kayfiyatda video tayyorladik 😊 Hammangizga baxt omad va eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman ❤️ @fara_alimov @nilufarsotiboldieva
Dugonamdan ajoyib fokus 🪄😁 Avvaliga hech narsaga tushunmadim, keyin videoni ko’rganimdan keyin hammasini bilib oldim, xullas mani soddaligimdan foydalanib fokus ko’rsatsa, man ham ishonibman 😆 Sizlarda ham shunday dugonalar bormi 🪄?
Videoni oxirigacha ko’rsangiz, video oxirida duetdoshimni kichik bir xirgoya joyini qo’ydim🤭😅 Qo’shiq nomi – TEGMA birin-ketin kartalarni ochib boraman🔥 Ungacha sizlarni variantlaringizni ko’rib chiqvoman. Xo’sh , toptilami ? Duetdoshim kim ekan ? Shu post tagida qoldiring ☺️👇🏻
Tushim ekan… Bugungi kunda “Kalmar o’yini” seriali yoshlar orasida juda ommalashib ketdi 🔥 Biz ham jamoamiz bilan shu serialga nisbatan kichik qiziqarli video oldik, qabul qiling 😅 Video shunchaki hazil tariqasida olindi, chuqur muhokamaga o’rin yo’q ! Qolaversa serial ham to’qima obrazlardan tashkil topgan 🙌🏻
Shunaqa kutilmagan voqealar ham sodir bo’lib turadi 😅 Lekin bu vaziyat hech qachon kayfiyatimga ta’sir qilmaydi chunki manda – @kopumplus_uz bor 😍❤️ U bilan kiyimlar doim ozoda va hushbo’y 🌸
Bayramlarda ayollar ozginagina arzimas narsaga ham xursand bo’lishadi, gullar ham kayfiyatni ko’taradi😍 Asosiysi qanday sovg’a olish emas,asosiysi e’tibor! Siz qanday sovg’a kutyapsiz ? Sizlarga tilagim doim,sevib-sevilib yashang ❤️
Sizga-chi qanday sovg’alar berishdi🎁🤩? Man juda ko’p o’ylab bir qarorga keldim va chipta sotib oldim😍 @aviasales.uz arzon aviachiptalar ❤️✈️
Azizlarim avvalambor bugungi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan sizlarni tabriklayman 😍❤️ Sizlarga oilaviy xotirjamlik, baxt saodat, mehr-muhabbat va har doim jufti halolingizga suyuklo yor bo’lishingizni tilab qolaman🥰 Bayram munosabati bilan har doim ko’chalarni ozoda sarishta saqlaydigan, tozalik bekalarini,kayfiyatlarini gul bilan ko’tardik, o’ylaymanki ular judayam xursand bo’lishdi 😍❤️
@_shohruhhon_ bilan “Yangi yil” tadbirida yana bir bor yangi duetimizni kuyladik 😍 “GoodBye” deb nomlangan romantik duetimizning qaysi so’zlari sizlarga yoqadi ? Yangi yil oqshomida bizning chiqishimizni ko’rganla bormi ?
Kunning eng yaxshi yakuni — bu @aviasales.uz dan chiptalar xaridi 😊❤️
Hayotda har-xil past balandliklar bo’ladi.Shunaqa paytlarda muammolarni,shunday kutib olish kerak deb o’ylayman 🔥 Siz qanday kutib olasiz ? Asosiysi hech qachon kayfiyatingizni tushirmang bularni bari o’tkinchi 😅 Sizlarni yaxshi ko’raman ❤️
Yaqinda siz aziz muhlislarim uchun, yangi duet tarona “Tegma”. Duetdoshlarim esa – talantli, iste’dotli bolla Shahboz va Navruz 🔥(@shaxboz__music @navruzde ) Duetni taklif qilishganda o’zimga qo’shiq judayam yoqdi va o’ylab o’tirmasdan rozi bo’ldim😇. O’ylaymanki sizlarga ham yoqadi😍 Qo’shiq haqida sizning fikringiz ham manga judayam qiziq ?! Qo’shiqni kutvoslami ? Kommentariyada kutaman 😘
“RayhonShow2024” haqida… Nimadan boshlashni ham bilmayman.Bunaqa bo’lishini hech ham kutmagandim! Chunki necha oy tayyorgarlik ko’rganmiz, butun boshli jamoa ishlagan.Ha, gap mening 2024-yil yanvar oyida bo’lib o’tgan konsertim haqida, xullas konsertdan olingan videolavhalar kuyib ketgan Xabaringiz bor konsertda juda ko’p lazerlar chiroqlar o’ynadi, ana o’sha lazerlar sabab butun boshli konsert yozib olinayotgan kameralar kuyib qolibdi😫 Nima bo’lishidan qat’iy nazar hammasi Allohdan.Sizlarni ham bundan xabar topishingizni istadim. Lekin sizlar uchun bizda bor materialdan,konsertni jamlashga harakat qildik😍 Bugun Premyera 🤩 Konsertni profilim shapkasidagi , ssilka orqali tomosha qilishingiz mumkin😊 Hurmat bilan Rayhon❤️🔥
Yaqinda Dubai 🌴 shahriga 3 kunlik sayohat qilgan edik😇 Sayohatdan faqatgina shu trend video bor va shu videoni joyladim. Hammangizga omad baxt va mehr-muhabbat tilab qolaman 😊❤️
Ham do’stim, hamkasbim @jahongirpaziljanov bilan “Yangi yil oqshomi” da 2 ta duet kuyladik😇 Televizor orqali kim shu sonini ko’rdi ? Sizlarga yoqdimi ? Kim taxmin qila oladi bizni “Bojalar” guruhi bilan nechta duetimiz bor ?