Bugun mani ikki tayanchim bo’lgan o’gillarim Islam va Imran larni tavallud kunlari ❤️❤️ Mani jonim bolalarim sizlarni qanchalik yaxshi ko’rishimni tasavvur ham qila olmaysiz ! Allohdan sizlarga uzoq umr, sog’lik va baxt tilayman. Ilohim rohatingizni ko’rib yuray, man ishonaman siz kelajakda elga, yurtga nafi tegadigan o’g’lonlar bo’lib yetishasiz😍 Sizlarni har doim sevib har doim ardoqlaydigan onangiz Rayhon🥹❤️
Manimcha ko’pchilik 2-toifaga kirsa kerak 😅 Yana kim shunaqa,telefonni zaryadka qo’yishda shoshilmasdan bemalol qo’yadi ? Yoki qizil yonishi bilan darrov zaryadkaga qo’yasizmi😁?
Yosh ulg’ayganlik testi @chechenka_0909 hali yoshligi bilindi 😍 ko’p qo’shiqlarni eslay olmadi😅 Sizlarni yoshingiz nechida ? Nechtasini topdingiz ? Ko’p qo’shiqlar yot bo’lib ketishga ulgurgan-a ? Yana qaysi qo’shiqlarni eslay olasiz ? Kommentariyada kutaman azizlarim❤️
Sevgilim, @fara_alimov tug‘ilgan kuningiz muborak ❤️ Hayotimga kirib kelganingiz – eng katta baxtim. Har kuni siz bilan vaqt o’tkazish, siz bilan kulish, siz bilan yashash – bu hayotimning eng maroqli damlari Bugun – sizning kuningiz. Orzularingiz amalga oshsin, yuragingiz tinch bo‘lsin, yoningizda har doim mani sevgim bo‘lsin. Men sizni juda ham sevaman! Rayhon 💖
Bugun @sarvar_benom @komil_benom guruhining “The Best-3” deb nomlangan konsert dasturida mehmon bo’ldim🔥 “Javob ber” taronamning muallifi Benom guruhi ekanini bilarmidingiz ? Bugun saxnada “Javob ber” ni jonli tarzda kuyladik 😍 Konsertda kim bor edi ? Sizlarga qanchalik ma’qul bo’ldi ? Xurmatli muhlislarim ijroga va chiqishga xolis bahoingizni bering 😇 Libos @kamola_nur_ Soch @leylihoja Makeup @dilya_seytbaeva
Ijodimdagi eng sara, sizlarni ko’rganingizda yodingizga sola oladigan, qo’shiqlarni bugungi kundagi trendga qo’yib ko’rdik 🥰 Ushbu qo’shiqlarni klipi bilan ko’rgansiz va har bir sahnalari yodingizda deb o’ylayman❤️! Umid qilamanki sizlarga yoqadi, qaysi qo’shiq sizlarni eng sevimli qo’shig’ingiz ?
Kecha xo’jayinim bilan @million.gr ning navbatdagi konsert dasturiga tashrif buyurdik. Taklif uchun raxmat @davron_kabulov🔥😇 O’ziyam kulaverib yuzlarim og’rib qoldi , bu safar Million o’zgacha bo’ldi 😂 Cosmos jamoasiga ham omad tilayman chiqishlari judayam zo’r. Million – yana ko’p yillar shunaqa konsertlar qilishingizda tilakdoshman 😇🔥 Zalga kirib kelganimda xalqim juda iliq kutib oldi🥰 hammangizga mehr muhabbat uchun tashakkur azizlarim, sizlarni sevaman ❤️
Kutilmagan va judayam shokka tushiradigan savol bilan yuzlanishdi… Benom guruhi konsertidan o’z chiqishimni o’tkazib orqa tarafdan chiqib kelayotganimda @boburzokirovich dab durustdan kelib qoldi, yana navbatdagi topishmoqni o’zbekchada nima bo’ladi deb so’rasa kerak deb o’ylasam🥲, afsuski boshqa savol ekan. Nozik savol berdi.Manda 2 ta yo’l bor edi – “xa” yoki “yo’q”. Butun muhlislaringiz nomidan keldim dedi. Kamiga organizator Pro art kompaniyasi rahbari @djavlon ham shu yerda ekanlar. Xullas man muhlislarimni judayam judayam yaxshi ko’rganim uchun “Xa” deb yubordim. Siz qanday fikrdasiz ? Konsert beriymi ? Fikringizni kutaman 😍😍
Дорогой @dmitriy_mashchenko , поздравляю вас и весь ваш коллектив с 26 летием 🥳🥳 Вы лучшие ❤️❤️ @glamour.av все было на самом высшем уровне. Вы по-другому не умеете 🥰
Bugungi kunda qizlar-ayollar hamma ishni uddasidan chiqishyapti. To’g’ri lekin ularga ham oilani ham ishni uddalash biroz qiyinroq😅 Shuning uchun videoni biroz hazilomus tarzda taqdim etayapmiz😁 Qizlarjonlar oramizda kim nima ish bilan shug’ullanadi ? Video yoqdimi ? Kommentariyada kutaman 😌
Opalar ukalari bilan har doim shunaqa muomalada bo’ladimi 😂 ? Aslida esa ular bir-birlariga judayam mehribon, faqat bu mehrni oshkora ko’rsatkisi kelmaydi 😍 Video kayfiyat uchun qo’yildi hammaga yaxshi kayfiyat🔥 Sizning ham opangiz yoki ukangiz bo’lsa, ular bilan qanday gaplashasiz ?
Biz qizlarda… 😜 Bugun bir narsani reja qilasiz-u , ertasi kuni esingizdan chiqib ketadi. Bizni rejalar esa yorug’lik tezligida har 15 sekundda o’zgaradi 😆 Tashqaridan shunday ko’rinadi. Videoni shunaqa yaqin do’stlarga yuborib qo’ying🔥 @leylihoja ❤️
Samarqand mehr-muhabbat uchun minnatdorman ❤️ Kuni kecha Samarqand viloyati Qo’shrabod tumanida bo’lib o’tgan – “Baxshichilik festivali” da mehmon bo’ldim. Xalqimda, manga nisbatan sevgi, iliqlikni ko’rib judayam xursand bo’ldim😇 Kecha tadbirda obunachilarim ichida kimlar bor edi olovlaringizni ko’rmayapman 😅🔥 Pidjak @liliyapalyunina
Azizlarim ! Yangi “Tegma” qo’shig’i haqida fikringizni bilmoqchiman 🥹 Sizlarga bu qo’shiq qanchalik ma’qul keldi ? O’zi sizlarga yoqdimi ? Xafa bo’lib ketdim ochig’i. Sizlar uchun, mani mehribon muhlislarim uchun harakat qildik va mani nazarimda qo’shiq sizlarga yoqmagandek🥹 yoki unaqa emasmi ? O’z xolis fikringizni qoldiring 😇
Bugun juda ta’sirlandim… 1-iyun “Bolalar kuni” munosabati bilan @ijtimoiyhimoya_agentligi va @shahnoza_mirziyoyeva tashabbusi bilan “Haqqim bor” deb nomlangan bolalar zo’ravonligiga qarshi film premyerasiga tashrif buyurdim. Film 8 daqiqa lekin ijodkorlar butun bir ijtimoiy muammoni to’liq yoritib bera olishgan. Ta’sirlandim, o’ylaymanki bolalar bizning borlig’imiz ularni asrashimiz lozim.Zero ular bizning kelajagimiz 😇❤️ Taklif uchun minnatdorman @shahnoza_mirziyoyeva @lolaofficial_
“Tegma” Azizlarim qo’shiq sizlarga ma’qul keldimi, yoqtimi ? Biz faqat sizlar uchun harakatdamiz, fikringiz man uchun muhim 😇 Qo’shiqni barcha platformalarda tinglashingiz mumkin ! Hammasini ko’rvoman,storislar,videolar kayfiyatimni ko’tarvotti hammangizga raxmat ❤️ @shaxboz__music @navruzde
Moskva — tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan shahar. Qizil maydon, nafis metro bekatlari, tungi yoritilgan ko‘chalar…😍 Videoda yana kimni tanidingiz😅 ? Moskvaga borsangiz, birinchi navbatda qayerga yo‘l olardingiz? 🤔🗺️
Bugun juda ko’p rejalarim bor edi😅, lekin bola-ku xursand bo’lib yugurib keldi 😍 Bunday vaziyatlarda manga UniDaily @kopumplus_uz suyuq kir yuvish vositasi yordamga keladi🔥 UniDaily Kopumplus Koreya mahsuloti bo’lib allergiya keltirib chiqarmaydi, bitta qadoq 57 marta kir yuvishga bemalol yetadi 😊
“Tegma” qo’shig’imiz orqali kunlik “Make up” jarayonimizdan chiroyli bir rolik tayyorladik😍 Agar siz ham shu rolikni takrorlasangiz eng zo’rlarini storisga repost qilib boraman ✅ O’ylaymanki qiziqarli chiqdi 🫠 va sizlarga yoqadi. Izohlarda fikringizni albatta kutib qolaman😊
Xabaringiz bor kecha Humo Arenada “Filarmoniya shou”ning Bitiruvchilar kuni ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi 🔥 Ishonasizmi ? Sizlarni judayam sog’ingan ekanman, mehringizni his etdim aziz muhlislarim ❤️ boringizga shukur Xo’sh, man ham konsert qiliymi ? Sizlarni sog’inganman axir😍
Baka – bang ❤️🔥
Bugun erta tongdan biz uyquni chetga surib “Shirchoy” tonggi dasturiga tashrif buyurdik😍 Judayam ajoyib suhbat bo’ldi,ko’rsatuvda necha yillik do’stim duetdoshim @jahongirpaziljonov ni ham uchratib qoldim🔥 Duetlarimizdan hirgoya qildik xullas erta tongdan a’lo kayfiyatda studiyadan chiqib ketdik. Ko’rganlar bormi ? Bugun kim erta turdi ? Taklif uchun tashakkur @boburzokirovich @bvhroom @zarina_yuldashova_ Костюм @laosma.des
Ancha payt repititsiyalarga qatnashib kelayotgan edim, lekin qanaqa repititsiya kimniki bu haqida hech kimga etmadim😊 Direct orqali juda ko’plab savollar keldi😅 Allohga shukur yuzimiz yorug’ bo’ldi, muhlislar judayam zo’r qarshi olishdi🔥 Hammasi uchun raxmat sizlarga azizlarim❤️ Taklif uchun esa @sarvar_benom @komil_benom guruhiga minnatdorchilik bildirib qolaman 😊 Kostyum @laosma.des
🔄 Reloading … Siz yangilikka tayyormisiz ? 📌Demak sizni, unutilmas onlar : atmosfera , takrorlanmas dekoratsiya, jonli ijro va oddiy konsert emas chinakamiga shou kutmoqda 🔥 📌O’tkazib yubormang chiptalarni i-ticket uz sayti orqali hoziroq xarid qiling