Nilufar Usmonova

Nilufar Usmonova Instagram – Mening qizalog‘I’m Safiya @safiyarakhimova
Qachon bu so‘zlarni o‘qiysan bilmayman — 10 yoshingda, balki bir kuni o‘z onalik tuyg‘usini his qilganingda…
Lekin bir narsani bil: sen dunyoga kelgan kun — mening hayotimda eng yorug‘ kunlardan biri bo‘lgan.
Ona bo‘lish — bu nafaqat baxt, bu — sinov, sabr va behisob duo.
Va men Allohga shukr qilaman, u meni besh marta ona qilgan.

Men har kunim, har sabog‘im, har bosib o‘tgan yo‘lim uchun shukrdaman. Chunki ularning har biri meni sizlarga olib keldi.

Allohim sizlarni asrasin. Hayotlaringizda salomatlik, mehr, baxt va orzu to‘xtamasin.
Men sizlarni yuragim bilan sevaman. Sizlar mening eng go‘zal iltijolarimsiz.

Hayotda har qanday ne’mat sababsiz emas.
Adajoning Yaratganning irodasi ila seni bu dunyoga kelishingga sabab bo‘lgan bo‘lsa — men o‘sha sabab uchun ham duo qilaman.
So‘zsiz. Tinch va yurakdan. ❤️

Seni har doim qalbimda saqlovchi — onang. | Posted on 01/Aug/2025 09:41:55

Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova

Check out the latest gallery of Nilufar Usmonova