Munisa Rizaeva

Munisa Rizaeva Instagram – Bugun seni qo‘llarimda tutib, Alloh uchun hech narsa imkonsiz emasligini angladim… Sen mening o‘g‘lim, Yaratganning menga bergan in’omisan. Mening eng sokin va eng katta baxtimsan.

Shuni bilishingni istayman-ki: sen uzoq kutilgansan. Sen uchun duolar qilingan. Birinchi nafasing eshitilmasdan oldin ham sevilgansan. Sen qalbimga mangu o‘rnashgan nursan.

O‘g‘lim, Allohdan hayoting oson va barakali bo‘lishini so‘rayman.
Har tonging qalb xotirjamligi bilan boshlansin, har kechang shukrona bilan yakunlansin. Alloh seni doimo darddan, yomonlikdan, bardosh berolmaydigan sinovlardan asrasin.
Seni eng yorug‘ yo‘llardan yurgizsin.

Senga mehribon, dono, halol inson bo‘lishingni tilayman. Qalbing doimo yumshoq, xaraktering esa kuchli bo‘lsin. Mehribon, olijanob, jasur, o‘ziga ishongan bo‘lib ulg‘aygin. Hech qachon orzu qilishdan va oldinga intilishdan to‘xtamagin. Alloh senga barcha eshiklarni ochsin.

Taqdiring yorug‘ bo‘lsin.

Hayot yo‘ling muhabbat, omad, farovonlik va Yaratganning himoyasiga to‘lsin…

Sen mening Allohga aytgan shukrlarimsan.
Sen mening qalbimsan.
Sen mening hayotim mazmunisan.

Dunyoga xush kelibsan
Hayoting go‘zal bo‘lsin, o‘g‘lim❤️ | Posted on 24/Nov/2025 15:29:14

Munisa Rizaeva
Munisa Rizaeva

Check out the latest gallery of Munisa Rizaeva